Ta’lim muassasalarida 9-may — “Xotira va Qadrlash kuni”ni nishonlash yuzasidan metodik tavsiya

Yurtimizda xalqimiz o‘tmishini o‘rganish, ajdodlarimiz ruhini yod etish, ulardan bizga qadar yetib kelgan moddiy va nomoddiy merosni asrash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Har yili nishonlanadigan 9-may — Xotira va Qadrlash kunida xuddi shunday voqelikning yaqqol ifodasini ko‘rishimiz mumkin. Bu bayramni ko‘tarinki ruhda nishonlashga xalq ta’limi tizimida katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashda mardlarcha halok bo‘lganlar, bugungi kunda ulug‘ yoshga yetib, keksalik gashtini surayotgan sobiq jangchilar, mustaqillik yillarida o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, faxriylarga hurmat ko‘rsatish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yana ham mustahkamlashda bu bayramning ta’siri katta. Davomini o‘qish